Surxondaryo FVBga yangi boshliq tayinlandi
Foto: FVV
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Shukurov Sharof Tojiboyevich — Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Sharof Shukurov 1979-yilda Jizzax viloyati Jizzax shahrida tugʻilgan. 2000-yilda Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabining bakalavr darajasini, 2005-yilda shu oliy maktabning magistr darajasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – hayotiy faoliyat xavfsizligi, tezkor xizmat faoliyatini tashkillashtirish.
Shukurov mehnat faoliyati davomida Jizzax va Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida turli lavozimlarda ish olib borgan.
U mazkur tayinlovga qadar (2022-yildan buyon) Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Shtab boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring