Surxondaryo bogʻlarida oʻrik pishdi

10:20 27 Aprel 2024 Iqtisodiyot
527 0

Foto: Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi bogʻlarida oʻrik pishdi Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar bermoqda.

Tumanda mevali bogʻlarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda hududdagi yillar mobaynida boʻsh turgan adir yerlarda intensiv bogʻlar yaratish boʻyicha «SPN HUMAGRO» MCHJ tomonidan boshlangan tashabbus alohida ahamiyatga ega. Ushbu tadbirkorlik subyekti tomonidan barpo etilgan oʻrikzorlarda innovatsion texnologiyani muvaffaqiyatli qoʻllanishi hisobiga ekinlar barvaqt hosilga kirdi.

2020-yilda tashkil etilgan mazkur korxonada oʻtgan qisqa vaqt ichida qariyb 102 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish orqali oʻrikning mikado, magadant, kaloroda, maykod, lidegod, sinishkod, rubitsa, tiritsa, kasinko, radova va shaftolining nektar navlarini parvarishlash yoʻlga qoʻyildi. Ertapishar va hosildor bu mevalarning koʻchati xorijdan keltirilgan boʻlib, bizning yerimiz va iqlimimizga tezda moslashdi.

Bugungi kunda MCHJ bogʻlarida oʻrik gʻarq pishgan. Hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi oʻrni yaratilgan korxonada hosilni yigʻishtirish, saralash va qadoqlash ishlari jadal olib borilmoqda. Koʻchatlar 3-4-yillik boʻlgani sabab, gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda.

Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, kelgusida gektaridan 80-100 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер