Suriya prezidentining rafiqasida xavfli kasallik aniqlandi

14:34 21 May 2024 Dunyo
777 0

Foto: AP

Suriya prezidenti Bashar Assadning rafiqasi Asma Asad saraton kasalligiga chalingan. Bu haqda davlat rahbari devoni tarqatgan bayonotda maʼlum qilindi.

«Birinchi xonim Asma Asad keng qamrovli tibbiy tekshiruvlardan oʻtganidan soʻng unga oʻtkir miyeloid leykemiya tashxisi qoʻyildi», — deyiladi hujjatda.

Shu bois Asma Assad vaqtincha ommaviy tadbirlarda qatnashmaydi va «ijtimoiy masofa»ga rioya qiladi.

2018-yil avgust oyida Suriya prezidentining rafiqasiga koʻkrakdagi xavfli oʻsma tashxisi qoʻyilgan edi. 2019-yil yanvar oyi oxirida shifokorlar uni olib tashlash boʻyicha operatsiyani muvaffaqiyatli oʻtkazishdi.

2019-yil avgust oyida prezident saroyi idorasi Asma Assad kasallikni yengganini eʼlon qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер