Superliga toʻpurari faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini “Persepolis” klubida davom ettirishga yaqin. Bu haqda “Total Fut” portali xabar bermoqda.
Unga koʻra, futbolchi ayni vaqtda Eronga yetib borgan va jamoa vakillari bilan muzokara oʻtkazmoqda. Ushbu jarayon ijobiy yakunlansa, futbolchi tez orada Tehron klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Shuningdek, manba xabarida Sergeyev bilan shartnoma 1,5-yilga tuzilishi va bu vaqt mobaynida futbolchi 1,5 million yevro ishlab olishi haqida maʼlumot berilgan.
Maʼlumot uchun, Igor Sergeyev oʻtgan yilgi mavsumni “Paxtakor” klubida oʻtkazgan va 20 ta gol kiritgan holda Superliga toʻpurariga aylangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring