Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maxsus rejim joriy qilinadi
“Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, eksperimental innovatsion tadqiqotlar doirasida Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maxsus rejim joriy qilinadi.
Maxsus rejim Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT-park) alohida boʻgʻini boʻlib, uning ishtirokchilari IT-park rezidentlari hisoblanadi va ular oʻz faoliyatini eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiradi.
Qarorga koʻra, maxsus rejim talabgorlari uchun tajriba-sinov loyihalari doirasida faoliyatga ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni tezlashtirilgan va soddalashtirilgan holda olish tizimi joriy qilinadi. Bunda:
➖ arizalar 5 ish kuni ichida tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqiladi;
➖ ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar roʻyxati vakolatli davlat organi tomonidan qisqartiriladi;
➖ tegishli hujjatlarni olish uchun belgilangan toʻlov miqdorlari 2 baravarga kamaytiriladi.
Maxsus rejim ishtirokchilariga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Oʻz xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ketgan xarajatlari tegishli tartibda davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Maxsus rejim faoliyatining muddati 5 yilni tashkil etadi.
Tajriba-sinov loyihalari 1 yildan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring