Sugʻurtaning barcha turlari elektron amalga oshiriladi
“Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5265-son, 23.10.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan sugʻurtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat beriladi.
2023-yil 1-yanvardan majburiy sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislarini qogʻoz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha hayot sugʻurtasi sohasidagi sugʻurta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda soligʻi boʻyicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
2022-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvargacha ish beruvchi tomonidan oʻz xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish va tibbiy sugʻurta turlari boʻyicha tuzilgan sugʻurta shartnomalari asosida Oʻzbekistonda sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.
2022-yil 1-iyungacha transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yagona axborot tizimi negizida barcha sugʻurta polislarini roʻyxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.
Sugʻurta shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish sugʻurta tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
2022-yil 1-iyuldan inflyatsiyaga bogʻlangan davlat qimmatli qogʻozlari chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring