Sudyalar oliy kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning 53-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.
Muhokama yakunida senatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga asosan Muzaffar Zafarovich Kukiyevni besh yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi aʼzosi – Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga, Xudoyqul Tojiyevich Azizov, Askarjon Boyisovich Gafurov va Ahrorxon Muminovich Xashimxonovni besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimiga saylashdi.
Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi Qahramon Uljayevning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Koʻrib chiqilgan masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.




Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring