Sudanning El-Fasher shahrida isyonchilar hujumlari oqibatida 2 mingdan ortiq kishi halok boʻldi
RIA Novostining xabar berishicha, Sudanning El-Fasher shahrida Tezkor javob kuchlari (SBR) isyonchilari nazoratni qoʻlga kiritgach, 2 mingdan ortiq tinch aholi halok boʻlgan. Bu haqda mintaqaviy hukumat vakili Agad ben Koni maʼlum qilgan.
“Halok boʻlganlar soni 2 227 kishiga yetdi, ularning orasida ayollar, bolalar va keksalar ham bor. Barchasi koʻrdi — jangarilar Saudiy kasalxonasida, qochqinlar uchun vaqtinchalik boshpanalarda va masjidlarda yaradorlarni, bemorlarni hamda oʻq-dorilardan panoh izlagan odamlarni otib tashlashdi”, — dedi u.
Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi kunlarda El-Fasherni 393 mingdan ortiq kishi tark etgan. Ulardan 30 mingga yaqini Korma, Tavila va boshqa shaharlardagi qochqinlar lagerlariga yetib borgan — bu joylar El-Fasherdan oʻnlab kilometr uzoqlikda joylashgan.
Yakshanba kuni Tezkor javob kuchlari (SBR) El-Fasherdagi 6-piyoda diviziyasi shtabini egallaganini eʼlon qildi. Bu diviziya Darfurdagi hukumat qoʻshinlarining soʻnggi tayanch nuqtasi edi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 15-apreldan beri Sudanda general Muhammad Hamdan Dagʻlo boshchiligidagi “SBR” kuchlari va muntazam armiya oʻrtasida qattiq janglar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring