Sud xodimiga pora taklif qilgan shaxs ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

17:46 08 Aprel 2019 Jamiyat
1975 0

Illyustrativ foto

Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi xodimi Narimon Boqiyevga (ism-shariflar oʻzgartirilgan) pora taklif etgan shaxsning jinoyatini fosh etildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

N.Boqiyev 14 yillik stajga ega, ayni paytda jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi arxiv mudiri lavozimida ishlaydi. Halol,oʻz kasbiga sadoqatli xodim.

Shu yilning 2 aprel kuni oʻzini Ixtiyor Valiyev deb tanishtirgan kimsa valyuta jinoyati boʻyicha sudlangan tanishi A.A.ning sudda ishi koʻrilayotganini bilib, N.Boqiyevdan sudya orqali jazoni yengillashtirib berishni, buning uchun “xizmat” qilishligini uqtiradi.

Sud xodimi darhol bu haqda jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi raisiga murojaat qiladi. Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida 3 aprel kuni sudlanuvchining tanishi I.Valiyev sud xodimiga 400 AQSH dollari berayotgan paytida qoʻlga olinadi.Ayni paytda I.Valiyevga Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sud hokimiyati daxlsizligi, uning obroʻsi nafaqat ushbu tizimda mehnat qilayotganlar uchun, balki barchamizga taalluqlidir. Inchunun, adolat ustuvor boʻlgan jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, farovonlik hukm suradi. Shuni unutmaylik...

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер