Subsidiya mablagʻlarini oʻzlashtirgan korxona rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.G.” MCHJ rahbari F.Sh. va boshqalar Navoiy viloyatidagi “N.A.” MCHJ rahbarining elektron imzosini qoʻlga kiritib, ushbu MCHJga artezian quduqlarni qazish boʻyicha 641,6 mln soʻm subsidiya ajratilishiga erishib, Jondor va Vobkent tumanlarida amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 341,1 mln soʻm subsidiya mablagʻini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Qamashi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.Q.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari N.E. va boshqalar ijtimoiy himoyaga muhtoj 51 nafar fuqaroni ish bilan taʼminlash uchun ajratilgan 153 mln soʻm subsidiya mablagʻlarini oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring