SSV tizimida 1000 dan ortiq manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlandi
Illyustrativ foto
Sogʻliqni saqlash tizimida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari bartaraf etilmoqda, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.
Qayd etilishicha, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha huquqiy eksperiment doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida byudjet qonunchiligi buzilishi, korrupsiyaviy xatti-harakatlar va moliyaviy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish choralari amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning iyul holatiga koʻra, vazirlik tizimida moliya va iqtisodiyot sohasi boʻyicha faoliyat yurituvchi 1 280 nafar xodimda manfaatlar toʻqnashuvi va nepotizm holatlari aniqlangan.
Shundan:
• 134 tasi Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Respublika davolash-profilaktika muassasalari;
• 347 tasi hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari, tuman (shahar) tibbiyot boʻlimlari;
• 796 tasi vazirlik tizimidagi boshqa tibbiyot va davolash-profilaktika muassasalari hamda tizim tashkilotlarida qayd etilgan.
Jumladan, Virusologiya ilmiy tekshirishi instituti moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi N. A., va Andijon viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining bosh hisobchisi G.G. oʻz boʻysunuvi va nazorati ostida qarindoshi bilan birgalikda faoliyat koʻrsatib kelgan.
Ulugʻnor tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi A.M. esa oʻz lavozimidan foydalangan holda yaqin qarindoshlarini katta hamshira lavozimiga va oʻzi ishlab turgan boʻlimga laborant vazifasiga ishga joylashtirgan.
Taʼkidlanishicha, ushbu holatlar boʻyicha faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan xodimlarning mehnat shartnomasi bekor tugatilib, rotatsiya qilingan.
Shuningdek, vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi tomonidan tizimli nazorat ishlari yoʻlga qoʻyilishi natijasida sohada 567 ta qonunbuzilish holati oʻz vaqtida bartaraf etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring