“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, sport oyligi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o‘rtasida badminton sport turi bo‘yicha universitet birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
6-may kuni esa talaba-qizlar o‘rtasida basketbol sport turi bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahoratini namoyish etdilar. Ushbu musobaqa xotin-qizlar orasida basketbolni targ‘ib qilish va ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, 14-may kuni talaba-qizlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha ham “Sportchi – Yurt himoyachisi” shiori ostida universitet birinchiligi musobaqasi tashkil qilindi. 100 dan ortiq sportchilar qatnashgan mazkur musobaqa xotin-qizlar orasida sportning ushbu turini keng rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.
Robiya BAXTIYOROVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring