Sport ustasi Elbek Rahimovning qotillariga sud hukmi oʻqildi

21:58 05 May 2022 Sport
1670 0

Foto: Illustrativ foto

Oliy sud axborot xizmati xabariga koʻra, bugun, 2022-yil 5-may kuni, Qashqadaryo viloyat sudida 26 nafar sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi F. Yusupov raisligida koʻrib chiqildi.

Sudlanuvchilarning barchasi Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan boʻlib, ularning 3 nafari voyaga yetmagan shaxs hamda 3 nafari ichki ishlar organlarining sobiq xodimlari.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 97, 109, 111, 127, 137, 169, 277, 28,137, 28,211, 28,277, 210, 230-1, 241-1 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, sudlanuvchilarning 19 nafariga 3 yildan 20 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1 nafariga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, voyaga yetmagan shaxslarga 5 yil 6 oydan 10 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda ichki ishlar organlarining sobiq xodimlariga 3 yildan 8 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Marhumning qonuniy vakili foydasiga 11 nafar sudlanuvchidan solidar tartibda 10 800 000 soʻm miqdorida moddiy zarar va 150 000 000 soʻm miqdorida maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi.

Mazkur jinoiy ish boʻyicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер