Soʻz erkinligi gʻoyalarini hayotga tatbiq etishda hamisha qatʼiy boʻlamiz! – Prezident

10:44 05 Mart 2025 Siyosat
106 0

Yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilindi.

Parlament palatalarida masʼul qoʻmitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash va agentlik tashkil qilindi.

Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi oʻrni va taʼsiri ortib borayotgani qayd etildi.

Ilgari bu mavzu jurnalistlar uchun mutlaqo yopiq edi. Hozirgi vaqtda mavjud holat ochiqlik va shaffoflik tomonga butunlay oʻzgardi.

Ochiqlik boʻyicha xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning oʻrni 138 pogʻonaga yaxshilanib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda 30-oʻringa koʻtarildi.

“Takror va takror aytaman: biz ochiqlik siyosatini, soʻz erkinligi gʻoyalarini hayotga tatbiq etishda hamisha qatʼiy boʻlamiz!”, — dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер