Sovuq suvda tanasini chiniqtirgan ʼʼMorjʼʼlar
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Toshkent shahridan oqib oʻtuvchi Anhor kanalida nafaqat yozning issiq kunlarida balki qishning qahraton sovugʻida ham choʻmilish inson sogʻligi uchun foydali ekanligini bilasizmi?
Bugungi xalq tilida ularni koʻpchilik “morj”lar deb atashadi.

“Tanishlarimdan qishda choʻmilishning sogʻliqqa foydasi haqida eshitib, ushbu mashgʻulotga ham qiziqishni boshlaganman. Birinchi marta oʻzim kelganman, keyingi marta kelishimda farzandlarimni sovuq dushda choʻmiltirib tayyorlab olib kelganman. Choʻmilishdan avval bir soat badanni qizdirish uchun piyoda yuramiz. Keliboq suvga tushib boʻlmaydi. Badan qizishi kerak”, — dedi Murod Rahmonov.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda “Morjlar klubi”ga 1948-yilda asos solingan boʻlsa-da, 1962-yilga kelibgina Sharof Rashidov boshchiligida rasman davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

“Morj”lar turli davlatlarda turlicha nom bilan ataladi. Masalan, Rossiya, Polsha, Niderlandiyada “morjlar”, Finlyandiyada “qunduzlar”, Latviyada “tyulen”, Shimoliy Amerikada esa “qutb ayiqlari” deb ataladi. Muzdek sovuq suv qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan birga baxt gormoni deb nomlanuvchi endorfin ishlab chiqaradi. Insonning kayfiyati yaxshilanadi, tana tonusi koʻtariladi va immunitet kuchayadi.




Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring