Soʻnggi toʻrt yilda budjetdan sportga ajratilayotgan mablagʻ 1,5 trillion soʻmdan 3 trillion soʻmga oshdi

12:19 13 Fevral 2025 Siyosat
153 0

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, sport sohasini shunchaki oʻyin va musobaqalar emas, millat genofondi, mamlakatning qudrati va obroʻ-eʼtiborini butun dunyoga tarannum etadigan eng taʼsirchan vosita, eng ustuvor vazifa deb bilishimiz shart.

Shu bois Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha birinchi marta bunday katta yigʻilish oʻtkazilayotgani qayd etildi.

Islohotlarning ilk kunlaridanoq boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport rivojiga ham katta eʼtibor berilmoqda.

Soʻnggi toʻrt yilda budjetdan sportga ajratilayotgan mablagʻ 1,5 trillion soʻmdan 3 trillion soʻmga oshdi, murabbiylarning oʻrtacha maoshi 2 barobar koʻpaydi, 101 ta yirik sport obyektlari yangidan qurildi, 67 tasi rekonstruksiya qilindi.

Sportchilarimizning Parijda erishgan yutuqlari bu islohotlarning yorqin natijalari hisoblanadi.

Eng asosiysi, bu natijalar yoshlarimizni, ota-onalarni sportga boʻlgan munosabatini oʻzgartirdi. Koʻp yoshlarimizda “Men ham chempion boʻlaman”, degan shijoat paydo boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?