Soliqlarning ixtiyoriy toʻlanish darajasi maʼlum boʻldi

11:20 11 Iyul 2024 Iqtisodiyot
549 0

Foto: Illustrativ

2024-yil II chorakda Respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishi 96%ni tashkil etdi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, eng yaxshi koʻrsatkich yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSIda qayd etilib, bu 98 foizdan koʻproqni tashkil etdi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida esa 96 foiz soliq toʻlovchilar ixtiyoriy toʻlagani qayd etilgan.

Nisbatan past natijalar (95 foiz) Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida roʻyxatga olingan.

Maʼlum boʻlishicha, soliq turlari kesimida yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 99%, aksiz soligʻi 98%, QQS 97%, foyda soligʻi 96%, AOS 96%, JSHODS 96%, mol-mulk soligʻi 95%, yer soligʻi 95%, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 92% ni tashkil qilmoqda.

Avvalroq 2024-yilning II choragida byudjetga soliqdan qancha tushim tushgani aniq boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?