Soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki ogʻirlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi
Prezidentimiz qayd etganidek, bir yil ichida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish, biznesga keng yoʻl ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash boʻyicha tizimli islohotlar jadal davom ettirildi.
Mintaqamizdagi eng qulay fiskal tizimini yaratish boʻyicha katta oʻzgarishlarga erishildi. Xususan, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12 foizga tushirildi. Ilgari ushbu soliq stavkasi 20 foiz edi.
Shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻini eksportchi korxonalarga 7 kun ichida qaytarish joriy qilindi, soliq va bojxonada oʻzaro hisobga olish yoʻlga qoʻyildi. Shu paytgacha 2 ta alohida tizim orasida investorlar sarson edi.
Bundan tashqari, xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlari uch yil muddatga soliqdan ozod qilindi, ular uchun foyda soligʻi 20 foizdan 12 foizga tushirildi.
Muhimi – soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki ogʻirlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring