Soliq qoʻmitasidagi 4 nafar masʼul maxsus unvonlaridan mahrum etilib, mehnat shartnomalari bekor qilindi

20:35 06 Noyabr 2022 Jamiyat
1361 0

Davlat soliq qoʻmitasi Raisi rahbarligida qoʻmitaning navbatdagi Hayʼat majlisi oʻtkazildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq xizmati organlari boshliqlari telekommunikatsiya vositalari orqali ishtirok etdi.

Yigʻilishda yirik soliq toʻlovchilarga (Navoiy va Olmaliq KMK) foyda va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlari stavkasining pasaytirilganligi, amortizatsiya ajratmalari normalari – oʻrtacha 2 barobarga, 1-martalik investitsiyaviy chegirma miqdori – 2 barobarga, faoliyat natijasida koʻrilgan va kelgusi davrga oʻtkaziladigan zararlarning cheklangan miqdori joriy soliq davri soliq bazasining 60 foizidan 100 foizigacha oshirilganiga qaramay, yanvar-oktyabr oylarida byudjetga 123,8 trln soʻm yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 trln soʻmga koʻp soliq tushumlari taʼminlangani va hududiy davlat soliq boshqarmalarida tushumlarning oʻsishi 33 foizga yetgani qayd etildi.

Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 140 foiz, QQS 133 foiz va foyda soligʻi tushumlari (Navoiy va Olmaliq KMKlaridan tashqari) 156 foizga oʻsganligi koʻrsatilib, yil yakunigacha ushbu oʻsish darajasini saqlab qolish manbalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda byudjetga qoʻshimcha daromadlarni jalb etish, QQS manfiy summalarni qoplab berish boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqishda sansolarlikka yoʻl qoʻyilayotgani hamda soliq organlari tomonidan mavjud raqamlashtirish yangi instrumentlari orqali yetishtirilgan paxta hosilni hisobini yuritish va oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishda qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetarlicha koʻmaklashilmayotganligi tanqidiy koʻrib chiqildi.

Yoʻl qoʻygan jiddiy xato kamchiliklari uchun Fargʻona, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi DSBlarining 4 nafar masʼullari maxsus unvonlaridan mahrum etilib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, 4 ta rahbar va masʼullarning intizomiy javobgarliklari koʻrib chiqildi.

Yigʻilish soʻngida, soliq tushumlari boʻyicha joriy yilning IV choragi va yillik prognoz koʻrsatkichlarini barcha soliq turlari boʻyicha sifatli ravishda soʻzsiz taʼminlash va qoʻshimcha daromadlarni jalb etish borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер