Soliq qoʻmitasi sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchini ishga tushirdi

19:35 15 Iyul 2024 Iqtisodiyot
762 0

Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchini ishga tushirdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarga 24/7 rejimida maʼlumot berishga moʻljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ishga tushirdi. U ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

DavrOn – soliq va soliqqa tortish masalalarida maʼlumotlar hamda shaxsiy maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi oʻzbek, rus va ingliz tillarida muloqot qila oladi.

Maʼlum qilinishicha, 3 oy davomida yaratilgan yordamchini takomillashtirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi. Shu maqsadda Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni oʻz ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi yaratilgan.

Maʼlumot uchun, ushbu virtual yordamchi Soliq qoʻmitasining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmati hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер