Soliq qoʻmitasi asossiz yechib olingan pullar kun oxirigacha qaytarilishini maʼlum qildi
Avvalroq Soliq qoʻmitasi tadbirkorlardan texnik nosozlik tufayli katta miqdorda pul yechib olgani haqida xabar berilgan edi. Qoʻmitaning maʼlum qilishicha, my3.soliq.uz maʼlumotlar bazasidagi nosozlik oqibatida 30,1 ming soliq toʻlovchining hisobidan asossiz ravishda jami 399,3 milliard soʻm mablagʻ yechib olingan.
Qayd etilishicha, soliq toʻlovchilardan quyidagi miqdorlardagi pullar asossiz yechib olingan:
- 7 203 nafar soliq toʻlovchidan – 100 ming soʻmgacha;
- 10 165 nafar soliq toʻlovchidan – 100 ming soʻmdan 1 mln soʻmgacha;
- 8 270 nafar soliq toʻlovchidan – 1 mln soʻmdan 10 mln soʻmgacha;
- 3 780 nafar soliq toʻlovchidan – 10 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha;
- 672 nafar soliq toʻlovchidan – 100 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha;
- 10 nafar soliq toʻlovchidan – 1 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻlar yechib olingan.
Qoʻmita xabarida taʼkidlanishicha, soliq organlari mablagʻlarni bugungi kun oxirigacha soliq toʻlovchilarning hisob raqamlariga qaytaradi.
“Soliq toʻlovchilarning hisobidan yechib olingan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha tegishli xulosalar toʻliq Gʻaznachilikka yuborilgan. Mablagʻlarni qaytarish avtomatik tarzda amalga oshiriladi, soliq toʻlovchilardan yozma murojaat talab etilmaydi. Shu bilan birga, tijorat banklarida hali ijro qilinmagan inkasso topshiriqlari ham qaytarib olinishi taʼminlandi”, deyiladi xabarda.
Keltirilishicha, soat 18:00 holatiga koʻra, 20 608 ta subyektga 274,7 mlrd soʻm qaytarilishi taʼminlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring