Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 14-maktabda Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan soliqlarni toʻlab qoʻyishni talab qilgani haqida video tarqaldi. Videodan anglashiladiki, xodim bolalarga tarqatma berib, buni ota-onalariga olib borishlarini aytgan.
“Yangi oʻquv yili bilan hammangizni tabriklayman, oʻqishingizga omad. Biz Nishon tuman soliq inspeksiyasidan kelyapmiz. Sizlarga eslatma bu. Hammangiz ota-onangizga olib borasiz. Yashab turgan joyingizning mol mulk va yer soliqlarini soliq inspeksiyasiga borib, yoki telefonda soliq ilovasidan toʻlashlari kerak. Shuni iltimos qilasizlar. Uy kimning nomida boʻlsa, borib, hisoblab toʻlaydi”, deydi xodim.
Bundan tashqari, inspeksiya xodimi qonunchilikdan ham misol keltirib, tegishli huquqiy asosni oʻqib bergan.
Bu tashabbus kimdan chiqqani hozircha nomaʼlum. Shunga qaramasdan, sinf xonasida maktab maʼmurlaridan ham borligi koʻrilmoqda.
Voqea dars vaqtida boʻlgan yoki yoʻqligi ham hozircha maʼlum emas. Agarda bu voqea dars vaqtida boʻlsa, soliq xodimining oʻzi tartibni buzgan boʻladi. Soliqlarni vaqtida to'lash, har bir fuqaroning burchi. Bu mamlakatimiz qonunchiligida ham belgilab qo'yilgan.
Avval ham shunday voqealar kuzatilgan edi. Masalan, ichki ishlar xodimlari bolalar bogʻchasidagi yigʻilishda “oq-qorani ajratib olish kerakligi” haqida maʼruza qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring