“Soxta SES xodimlaridan ehtiyot boʻling”. Sanepidqoʻmita ogohlantirish bilan chiqdi
Illyustrativ foto
Sanepidqoʻmita poytaxt aholisidan oʻzini “SES xodimi” deb tanishtirib, xonadonlar, tadbirkorlik subyektlari, oshxona, kafe, xususiy klinikalar, sartaroshxona, goʻzallik salonlari va boshqa turli tashkilotlarga majburiy dezinfeksiya qilish talabini qoʻyib, pul undirib ketish holatlari boʻyicha koʻp murojaatlar kelib tushayotganini maʼlum qildi.
Qoʻmita fuqarolarni mazkur shaxslarga aldanib qolmaslikka chaqirib, Toshkent shahar boshqarmasi va tuman boʻlimlari xodimlari dezinfeksiya oʻtkazish va dorilarni sotish uchun uyma-uy va tadbirkorlik subyektlarida yurmasligini qayd etdi.
Taʼkidlanishicha, bunday xizmat aholining ixtiyoriy murojaatiga koʻra shartnoma asosida oʻtkazib beriladi. Shuningdek, qoʻmita xodimlari tomonidan yuqumli kasalliklar aniqlangan oʻchoqlarda epidemiologik koʻrsatmaga asosan dezinfeksiya ishlari oʻtkaziladi.
Qoʻmita yuqoridagilarni maʼlum qilish bilan birga Toshkent shahar aholisiga murojaat qildi:
“Sizning ish faoliyatingiz va uyingizga oʻzini “SES xodimi” deb tanishtirib kelgan shaxslar (soxta SES xodimlari) boʻyicha ogohlikni oshirib, ularning xizmat guvohnomasini talab qilishingizni, agar ular xususiy dezinfeksiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona xodimi boʻlsa, korxona hujjatlari va dezinfeksiya faoliyati bilan shugʻullanish uchun maxsus litsenziyasini talab qilib, zararsizlantirish uchun ishlatiladigan dezinfeksiya vositasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganligi boʻyicha hujjatlarni taqdim qilgandagina, shunda ham ixtiyoriy ravishda dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazishingiz mumkin”.
Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur shaxslar tomonidan firibgarlik yoʻli bilan pul undirish holatlari kuzatilsa, hududiy uchastka noziri yoki 102 telefon raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring