“Sogʻliqni saqlash vaziri kubogi — 2023» sport musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi
Sogʻliqni saqlash tizimida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari oʻrtasida sport turlarini keng ommalashtirish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida shu yil sentyabr oyidan “Sogʻliqni saqlash vaziri kubogi — 2023» musobaqalari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergandik.
Mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka boʻyicha boʻlib oʻtayotgan ushbu bellashuvlarning hududiy bosqichlarida eng kuchli jamoa va ishtirokchilar saralanib, respublika bosqichiga yoʻl olgan edi.
Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida “Sogʻliqni saqlash vaziri kubogi — 2023» sport musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi.
Tadbirni Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova kirish soʻzi bilan ochdi.
Shundan soʻng mamlakatimiz sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlaridan tarkib topgan 32 ta jamoa mini-futbol boʻyicha oʻzaro kuch sinashish uchun maydonga tushdi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy kechayotgan musobaqa soʻngida final bosqichiga yoʻllanma olgan ikkita eng kuchli jamoa ertaga bosh sovrin – vazir kubogi uchun kurash olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring