Sobiq sudyaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

15:41 05 Yanvar 2024 Jamiyat
593 0

2023-yilning 5-dekabr kuniga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi lavozimida ishlagan shaxs ushbu lavozimda boʻlishi davrida, oʻz ish yurituvida boʻlgan qurilish firmasi rahbari va boshqalarni Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblashga oid jinoyat ishini koʻrib chiqishi jarayonida hokimiyat harakatsizligi, dalillarni soxtalashtirish, adolatsiz hukm chiqarish hamda tovlamachilik kabi jinoyatlarini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan toʻplangan materiallar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan JIB Sergeli tuman sudining sobiq sudyasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165, 208, 2301 va 231-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari DXX Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?