Sloveniya Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni qutladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hurmatli Prezident Janobi Oliylari!
Tavallud ayyomingiz munosabati bilan Sizga oʻzimning eng samimiy tabriklarimni yoʻllashga va masʼuliyatli faoliyatingizda yangidan-yangi ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, mustahkam sogʻlik va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.
Sizning Sloveniyaga joriy yildagi rasmiy tashrifingizni katta mamnuniyat bilan yodga olaman. Ayni shu tashrif tufayli Sloveniya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida turli darajalar va sohalarda faol va qizgʻin muloqot yoʻlga qoʻyildi, bu esa mamlakatlarimiz oʻrtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning kelgusida yanada kengayishiga boʻlgan ishonchimni mustahkamladi.
Janobi Oliylari Sizga boʻlgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Yuksak ehtirom ila,
Natasha Pirs Musar,
Sloveniya Respublikasi Prezidenti
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring