Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berildi. Ular saylov byulletenida qanday ketma-ketlikda boʻlishi ham maʼlum

18:11 21 Avgust 2024 Siyosat
267 0

Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq navbatdagi majlisida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ruxsat berildi. Bu haqda Markaziy Saylov komissiyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan va Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan 16-avgust kuni; Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan va Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 17-avgust kuni saylovda ishtirok etishga ijozat berish toʻgʻrisidagi arizalar “E-saylov” axborot tizimi orqali Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan.

Qayd etilishicha, siyosiy partiyalarning arizalari taqdim etilgan kunning oʻzida ularning vakolatli vakillari oʻz partiyalarining saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi saylovchilarning imzosi qoʻyilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshirgan.

Maʼlumki, Saylov kodeksining 31-moddasiga asosan Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi boʻyicha saylovida saylov byulleteniga unda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning nomi, ramziy belgisi ularning saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbatiga muvofiq ketma-ketlikda kiritiladi.

Shu tariqa, deputatlar quyidagicha ketma-ketlikda partiyalarni tasdiqladi:

1) Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi;

2) Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;

3) Oʻzbekiston Ekologik partiyasi;

4) Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi;

5) Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi.

Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер