Sirdaryodan baliq ovlaganlar tabiatga 680 mln soʻm zarar yetkazdi
Foto: Ekologiya vazirligi
Sirdaryo daryosining Toshkent viloyati Boʻka tumani hududidan oqib oʻtgan qismida baliq ovlaganlar tabiatga 680 mln soʻm zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Ekologiya vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish boʻlimi hamda Toshkent viloyati Chinoz tumani DXX va IIB boʻlimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor reyd tadbiri oʻtkazilgan.
Fuqaro A.U. va boshqa shaxslar tomonidan oldinroq ham noqonuniy baliq ovlangan hamda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov harakatlari davom ettirilayotganiga qaramay, xuddi shu huquqbuzarlik takroran sodir etilgan.
Toshkent viloyati Boʻka tumani hududidagi reyd davomida fuqarolar A.U. va Sh.U. tomonidan Sirdaryo daryosining ushbu tuman hududidan oqib oʻtuvchi qismida taqiqlangan ov quroli — elektr qarmoq yordamida 8 xildagi jami 31 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlangan.
Reyd davomida qonunbuzarlar baliqlar, elektr qarmoq, rezina qayiq va uning eshkaklari, setkali tutqich, rezina qayiqni damlash uchun nasos va 2 dona 60 amperli akkumulyatorni “Cobalt” rusumli avtomashinaga yuklab, hududdan olib chiqib ketayotganida toʻxtatib qolingan.
Oʻrganish natijasida ovlangan baliqlardan 3 donasi Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga mansub Turkiston moʻylovdori baligʻi ekani maʼlum boʻlgan. Mazkur qonunbuzarlik natijasida “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun buzilgan hamda hayvonot dunyosiga 679 million 400 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy ovlangan baliqlar va taqiqlangan ov qurollari holatga huquqiy baho berilgunga qadar vaqtinchalik saqlash uchun olib qoʻyilgan. Shuningdek, noqonuniy ov davomida foydalanilgan “Cobalt” transport vositasi ham jarima maydoniga joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring