Sirdaryoda yuzga yaqin ehtiyojmand oilaga uylar sovgʻa qilindi

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Joriy yil boshidan buyon Sirdaryo viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, boquvchisini yoʻqotgan, koʻp bolali va qaramogʻida nogiron farzandlari bor 100 ga yaqin oila uy bilan taʼminlandi.
Eʼtiborlisi, ushbu xonadonlarning barchasi homiylar tomonidan sotib olinib, ehtiyojmandlarga tuhfa qilindi. Saxovatpesha insonlarning “Chap qoʻling berganini oʻng qoʻling bilmasin” naqliga amal qilib, ism-shariflarini oshkor qilmaslikni soʻragani esa yana bir ibrat namunasidir.
Yaqinda Mirzaobod tumanidagi Toshkent mahallasida qurib bitkazilgan koʻp qavatli uydagi 10 ta xonadon ehtiyojmand oilalarga topshirildi. Ushbu xayrli ishga bagʻishlangan tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirok etdi.
— Ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash keng koʻlamda olib borilyapti, — Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nargiza Tojiboyeva. — Masalan, uyli boʻlgan oilalar aʼzolarini, xususan, ayollarni kasbga oʻqitish, bandligini hamda tadbirkorlik faoliyati uchun kredit bilan taʼminlashga ham eʼtibor qaratilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring