Sirdaryoda sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi

Foto: Kun.uz
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida bir oilaning uch aʼzosini qasddan oʻldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi.
Sud qarorida keltirilishicha, qotillik joriy yilning aprel oyida sodir etilgan. Shu yilning 4-oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo tuman sudida fuqaro M.Sh.ga oid ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqilgan.
Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi 2022-yildan 2023-yilgacha IIB jamoat tartibini saqlash boʻlimida maxsus qabulxona navbatchilik qismi inspektori lavozimida ishlagan.
Erkak 26-aprel kuni fuqaro E.K. (ayol)ning uyiga borgan va suhbat davomida ular orasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ayol erkakning otasi va qizini haqoratlagani sababli janjal kelib chiqqan. Shundan soʻng sudlanuvchi xonada boʻlgan oʻtkir tigʻli ayollar tirnogʻini tekislash vositasi bilan jabrlanuvchining boʻyin, jagʻ va peshona sohalariga bir necha marotaba urib, uni qasddan oʻldirgan.
Erkak oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shovqin boʻlgan xonaga qarab kelayotgan marhumaning oʻgʻlini va uning onasi M.K. (ayol)ni ham oʻldirib, murdalar yotgan xonalarni qasddan yoqib yuborgan.
Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining “v, r” bandlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni maxsus tartibli koloniyada oʻtash belgilandi. Jazo muddati 2024-yil 27-apreldan boshlab hisoblangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring