Sirdaryoda piyodalar oʻtish yoʻlaklariga “quyoshli” chiroqlar oʻrnatilmoqda
Sirdaryo viloyati hududidan xalqaro ahamiyatga ega bir necha avtomobil yoʻllari oʻtadi. Shunga mos ravishda piyodalar uchun yoʻlaklar ham koʻp. Ushbu yoʻllardagi qatnov esa tunda juda tigʻiz. Bunda, yaʼni harakat ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlashda piyodalar oʻtish joylarining charogʻon boʻlishi muhim ahamiyatga ega.
Shu kunlarda ayni maqsadda Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB tomonidan viloyat hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi “M-34”, “M-39” hamda “A-373” avtomobil yoʻllaridagi piyodalar oʻtish joylariga chiroqlar oʻrnatilmoqda. Eʼtiborlisi, ular quyosh panelidan quvvat oladi va bu nur manbai elektr tarmoqlaridan yiroqdagi piyodalar oʻtish yoʻlaklarini ham yoritish imkonini bermoqda.

Taʼkidlash lozimki, viloyatda koʻzi ojiz piyodalarning oʻtish joylarida xavfsiz harakatlanishi uchun ovozli svetoforlar ham oʻrnatildi. Shuningdek, viloyat YHXB xodimlari tomonidan viloyat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Xavfsiz hayot” nomli kelajak soati dars mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Qolaversa, 245 ta umumtaʼlim maktabda “Yoʻl harakati qoidalari“ sinf xonasi tashkil etilgan.
Ahmadali ShERNAZAROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring