Sirdaryoda muqaddam sudlangan advokat yana firibgarlik qilib, qoʻlga olindi

19:02 28 Fevral 2023 Jamiyat
603 0

Foto: Illustrativ foto

Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Guliston shahridagi Advokatlar hayʼati advokati 2021-yilda mahalliy masʼuliyati cheklangan jamiyatga bankdan 240 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishida yordam berganligi uchun xizmati evaziga uning rahbaridan 12 ming AQSH dollari olgan.

Biroq, bank tomonidan olib borilgan monitoring jarayonida masʼuliyati cheklangan jamiyat kredit mablagʻini maqsadsiz ishlatganligi aniqlanib, prokuratura organlari tomonidan uning rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokat muqaddam olgan 12 ming AQSH dollaridan 1000 AQSH dollarini MCHJ rahbariga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер