Sirdaryoda mashinasini odamlar ustiga haydagan erkak qamoqqa olindi

Illyustrativ foto
Kecha, 29-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Captiva» rusumli avtomobil haydovchisi mashinasini futbol maydonidagi odamlar ustiga qasddan haydab borgani aks etgan videolavha tarqaldi. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat nazoratga olinganini maʼlum qildi.
Internetga sizdirilgan videoda mashina futbol maydoni ichidagi bir guruh odamlar qarshisida xavfli burilishlar qilib, bosib ketishga harakat qilgani va bir kishini urib ketgani koʻrish mumkin.
Viloyat IIBga koʻra, holat oʻrganilib, avtomashina haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi tegishli tartibda qamoqqa olinib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring