Sirdaryoda hokim oʻrinbosari 20 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

Illyustrativ foto
Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan bir qator korrupsion holatlarga chek qoʻyildi. Bu haqida DXX matbuot xizmati xabar berdi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent viloyat filialining boʻlim boshligʻi va muhandisi oʻzaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonani 3 fazali elektr tarmogʻiga ulash va transformator oʻrnatib berish, shuningdek, boshqa texnik hujjatlarini tayyorlashda koʻmaklashish evaziga 39 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilishgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent viloyat filiali muhandisi soʻralgan pul mablagʻidan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sugʻorish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, 1 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori 5 ming AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida qoʻlga olindi. Aniqlanishicha, u ushbu pul mablagʻi evaziga, oʻzaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani boʻyicha mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmasdan, holatni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni vaʼda qilgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi katta tezkor xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, oʻzining ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish evaziga, tamagirlik yoʻli bilan undan 1500 AQSH dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq ushbu pul mablagʻi hisobidan 400 AQSH dollari oladi. Lekin, u talab qilingan puldan yana 400 AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, mazkur shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring