Sirdaryoda ehtiyojmand oilalar uchun teatr tomoshalari ham namoyish etilmoqda
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalarga faqat moddiy jihatdan koʻmak berilib qolmay, ular maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va boshqa yoʻnalishlarda ham qoʻllab-quvvatlanmoqda. Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “Teatr kuni” tadbiri doirasida ana shunday xayrli ishlar amalga oshirilayotir.
Yaqinda Sardoba va Oqoltin tumanlaridagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri“da turuvchi oila vakillari hamda korxona-tashkilot xodimlari, mahallalar ahli uchun “Inson oʻzing” spektakli namoyish qilindi.

— “Teatr kuni” tadbirlari butun viloyat boʻylab tashkil etilyapti, — deydi isteʼdodli aktyor Qandiyor Rustamov. — Yaʼni ijodiy jamoamiz bilan barcha tuman-shaharlarda, chekka hududlarda tomoshalar namoyish qilyapmiz. Safardagi repertuar mavzusi, mazmun-maqsadi yuksak milliy-maʼnaviy, insoniy, axloqiy qadriyatlarimiz, Vatanga sadoqat va el-yurt ishiga fidoyilikni tarannum etishga qaratilgan spektakllardan iborat. Shu bilan birga estrada-simfonik orkestrimiz jonli konsert berib kelmoqda.
Maʼlumot uchun: Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida haftaning juma, shanba, yakshanba kunlari turli spektakllar, tomoshalar namoyish etib kelinmoqda. Eʼtiborlisi, chipta narxi juda arzon: kattalar uchun spektakllarga kirish 20 ming soʻm boʻlsa, bolalarniki bor-yoʻgʻi 10 ming soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring