Sirdaryoda 2,4 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan “tadbirkor” fosh etildi

18:29 01 Fevral 2026 Jamiyat
311 0

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”

Sirdaryo viloyatida 2,4 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “tadbirkor” fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi, DXX va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Yangiyer shahrida yakka tartibdagi tadbirkor G.S.ga qarashli binoda hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 2 milliard 49 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Qayd etilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?