Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. “RAVON-ARENA” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash lozimki, majmuada Yevropa standartlariga mos sharoitlar yaratildi.
— Barcha qurilish ishlarini yakunladik, — deydi “RAVON-ARENA” MCHJ rahbari Rasul Boʻtaboyev. — Majmuamizda katta futbol maydoni, sauna, fazanariya ham bor. Yaqinda 8.5 kilovattlik quyosh panellari ishga tushirildi. Sayyohlar qarmoqda baliq tutish bilan ham shugʻullanishi mumkin. Buning uchun daryo boʻyiga baliq oviga moʻljallangan, koʻchiriluvchi soʻrilar ham oʻrnatildi. Majmuada moʻjaz hayvonot bogʻi ham tashkil etyapmiz. Xususan, fazanariyamiz, yaʼni parrandaxonamiz uchun tustovuqlar keltirdik.
Maʼlumot uchun. Joriy yilda Sirdaryo daryosining Guliston tumanidan oʻtuvchi qismi boʻyida 10,9 gektar maydonni egallaydigan “Turizm klasteri”ni tashkil qilish moʻljallangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring