Sirdaryo — Fujian: hamkorlikning yangi bosqichi
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya bir necha kundan buyon xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi.
Bugun Fujian (Fuszyan) muzofotida qator yirik kompaniyalar — “Fujian Minyijia New Building Material”, “Pan Pan Food”, “Sichuan Kindafu Door”, “Zhejiang Kelu Nukler”, “Fujian Road and Bridge Construction” hamda “Fujian Zhanda” korporatsiyasi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Muloqot chogʻida asosiy eʼtibor qurilish sanoati, yoʻl va infratuzilma qurilishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda energetika sohalarida hamkorlik masalalariga qaratildi.
Safar doirasida delegatsiya yana bir qator kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Shuningdek, Xitoyning Fujian muzofotida “Sirdaryo – Fujian” savdo va investitsiya biznes forumi boʻlib oʻtdi. Iu shahrida esa “Sirdaryo – Jejiang” investitsiya forumi tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyatining investitsiya salohiyatini namoyon etuvchi videorolik taqdim etildi. Mazkur forumda 200 ga yaqin xitoylik, 50 nafarga yaqin sirdaryolik tadbirkorlar qatnashdi va hamkorlikning yangi yoʻnalishlari, qoʻshma loyihalar hamda sarmoyaviy imkoniyatlar muhokama qilindi.

Safar asnosida Iu shahrining kichik biznes va sanoatni rivojlantirish tajribasi oʻrganildi hamda uni Sirdaryo viloyatida qoʻllash boʻyicha shahar rahbariyati bilan muloqot boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar ikki hudud oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, investitsiyaviy va savdo aloqalarini kengaytirish boʻyicha kelishib oldi.
Sirdaryo viloyati delegatsiyasining “Ruian Quanji Agricultural Development”, “Heben International”, “China Wenren”, “Taizhou Shanda International Trade”, “Fourone System” va “Sichuan Tenzhui Jie” kabi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan oʻtkazgan uchrashuvlarida hamkorlikni kengaytirish, investitsiya jalb etish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida xitoylik hamkorlar Sirdaryoning iqtisodiy salohiyati va investitsion muhiti bilan batafsil tanishdi. Ular Prezidentimiz rahbarligida Oʻzbekistonda, xususan, Sirdaryo viloyatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilganini eʼtirof etdi.
Taʼkidlash lozimki, Sirdaryo viloyati delegatsiyasining ushbu xizmat safari davomida hududlararo doʻstona hamkorlikni yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalar boʻyicha koʻplab kelishuvlar amalga oshirilayotir.
Ahmadali ShERNAZAROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring