Sirdaryo delegatsiyasi Xitoyda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish tajribasini oʻrganmoqda
Ayni kunlarda tashabbuskor va faol ayollardan iborat Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safari bilan boʻlib turibdi.
Safar doirasida ular Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi va Sirdaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan oʻquv kursida ishtirok etmoqda. Ushbu kurs Xitoyning Shensi provinsiyasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganishga qaratilgan.
Xizmat safari dasturida provinsiya rahbariyati bilan uchrashuvlar, kichik va oʻrta biznes korxonalari faoliyati bilan tanishish, shuningdek, ayol tadbirkorlar uyushmalari bilan tajriba almashish oʻrin olgan. Bundan tashqari, maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi zamonaviy amaliyotlar bilan ham tanishilmoqda.
Maʼlumot uchun: Shensi provinsiyasi Xitoyning sanoati rivojlangan hududlaridan biri boʻlib, iqtisodiy taraqqiyot hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlarini amalga oshirish borasida salmoqli tajribaga ega. Delegatsiya mazkur provinsiyadagi sochiq, choyshab, yotoq buyumlari kabi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, asosiy mijozlari nufuzli mehmonxonalardan iborat boʻlgan “Shaanxi Yalan Group” toʻqimachilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, “Shaanxi Lyutsindju Food Sayens and Technology” soyani qayta ishlash zavodidagi ish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar, tadbirkorlik tajribalari oʻrganildi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring