Sirdaryo daryosida 37 dona baliq ovlaganlar hayvonot dunyosiga qariyb 700 million soʻm zarar yetkazdi

Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga qariyb 700 million soʻm zarar yetkazildi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Sirdaryo daryosining Guliston tumani “Terakzor” MFY hududidan oqib oʻtuvchi qismida oʻtkazilgan reyd davomida fuqarolar I.D., B.Y. va I.D, tomonidan noqonuniy ov quroli, yaʼni elektr qarmoq hamda rezina qayiq yordamida turli xildagi 36 ta baliq, jumladan, 1 dona Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan “Turkiston moʻylovdori” ovlangani maʼlum boʻlgan.
Ushbu holat natijasida “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida” hamda “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar buzilib, hayvonot dunyosiga 694 million 220 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Reyd davomida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy ovlangan 36 dona baliq, 1 dona elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 2 dona akkumulyator, 1 juft eshkak, 1 dona tutgich va 1 dona tungi yoritish moslamasi holatga huquqiy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun olingan.
Mazkur holat yuzasidan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora koʻrish maqsadida Sirdaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring