Sindarov uchinchi, Nodirbek beshinchi oʻrin uchun bahs olib boradigan boʻldi
Maʼlumki, Germaniyaning Vayssenxaus shahrida sovrin jamgʻarmasi 750 ming AQSH dollarini tashkil qiladigan “Freestyle Chess Grand Slam” turniri boʻlib oʻtmoqda.
12-fevral kuni ushbu nufuzli turnirning yarim finali bahslari oʻtkazildi.
Unda iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindarov dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi 7 ta partiyadan iborat murosasiz bahs oʻtkazdi.
Shiddatli kechgan yarim finalning asosiy bahsida gʻolib aniqlanmagach, shaxmatchilar tay-brekka yoʻl olishdi. 6 partiya davom etgan bahs umumiy durang natijani keltirib chiqardi. Gʻolibni aniqlash uchun oʻtkazilgan armageddon Karuananing qoʻli baland kelib, turnirning final bosqichiga yoʻl oldi.
Shu tariqa, Fabiano Karuana hamda germaniyalik Vinsent Kaymer “Freestyle Chess Grand Slam” turniri finalida bosh sovrin uchun kurashadigan boʻldi.
Maʼlumot uchun, Vinsent Kaymer yarim finalda dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni magʻlub etib, final yoʻllanmasini naqd qilgandi.
13-fevral kuni, musobaqaning uchinchi oʻrin uchun bahsida hamyurtimiz Javohir Sindarov Magnus Karlsenga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Bu ikki shaxmatchining saralash bosqichidagi oʻzaro uchrashuvida Javohirning qoʻli baland kelgan edi.
Turnirda ishtirok etayotgan yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov 5-8-oʻrinlar uchun Fransiyalik Alireza Firuzdjaga qarshi qora donalarda bahs olib bordi va yakunda kuchli raqibini magʻlubiyatga uchratdi.
Maʼlumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 5-oʻrin uchun kurashadi Hikaru Nakamuraga qarshi dona suradi. Beshinchi oʻrinni egallagan shaxmatchi 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qoʻlga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring