Shvetsiyalik sportchi tayanib sakrashda jahon rekordini yangiladi

02:54 11 Mart 2022 Sport
1173 0

Foto: Getty Images

Shvetsiyalik sportchi yopiq inshootlarda tayanib sakrash boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi. 

22 yoshli Arman Dyuplantis bu safar 6 metr 19 santimetr balandlikni zabt etgan. Sport ushbu muvaffaqiyatga Belgradda boʻlib oʻtgan musobaqada erishga. U dastlab 5 metr 61 santimetr balandlikka sakragan. Uchinchi urinishda esa rekord natijani qayd etgan.

Arman uchun bu uchinchi jahon rekordi hisoblanadi. U ilk bor 2020-yilda Turinda 6 metr 17 santimetr balandlikka sakrab, rekord qayd etgan edi. Xuddi oʻsha yili Glazgoda 6 metr 18 santimetrga sakrab, oʻzining rekordini yangilagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?