Shvetsiya parlamentida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik boʻyicha Doʻstlik guruhi tashkil etildi

18:09 09 Mart 2024 Siyosat
541 0

Shvetsiya parlamentida (Riksdag) Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik boʻyicha Doʻstlik guruhi tashkil etildi.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik boʻyicha Doʻstlik guruhi tashkil etilgani munosabati bilan oʻtkazilgan 5-mart kuni tadbirda guruh rahbari va aʼzolari tanishtirildi hamda istiqboldagi vazifalar xususida fikr almashildi.

Doʻstlik guruhi raisi lavozimiga 2010-2014-yillarda Shved demokratlari partiyasi yetakchisi (mamlakatdagi ikkinchi yirik partiya), 2014-2018-yillarda Riksdag spikerining birinchi oʻrinbosari hamda hozirgi kunda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Shvetsiya parlamentidagi delegatsiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Byorn Syoder maʼqullandi.

Uchrashuvda, shuningdek, Markaziy Osiyo va Shvetsiya oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar yoʻnalishlarni rivojlantirish, jumladan ushbu sohalarni yanada faollashtirishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni tashkil etish masalalari xususida fikr almashildi.

Tadbir yakunida Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlaridagi Shvetsiya bilan Doʻstlik guruhlari hamda Riksdagdagi Markaziy Osiyo bilan hamkorlik boʻyicha Doʻstlik guruhi rahbarlari va aʼzolari oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish, onlayn uchrashuvlar va oʻzaro tashriflarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?