Shveysariyadagi barda portlash sodir boʻldi. Qurbonlar bor
Yangi yil arafasida Shveysariyaning mashhur changʻi kurortlaridan biri — Krans-Montanada joylashgan barda portlash sodir boʻldi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Shveysariya politsiyasining maʼlum qilishicha, voqea mamlakatning janubi-gʻarbida joylashgan Vallis kantonida, Krans-Montana togʻ-changʻi kurorti hududida roʻy bergan. Portlash yangi yilni kutib olish arafasida, sayyohlar orasida mashhur boʻlgan “Le Constellation” nomli barda, mahalliy vaqt bilan soat 01:30 atrofida sodir boʻlgan.
Vallis kantoni politsiyasi vakili Gaetan Lationning bildirishicha, mazkur portlashning kelib chiqish sabablari hozircha aniqlanmagan.
“Nomaʼlum sabablarga koʻra portlash sodir boʻldi. Bir necha kishi jarohat olgan, shuningdek halok boʻlganlar ham bor”, — deydi u.
Shveysariya ommaviy axborot vositalari tomonidan eʼlon qilingan suratlarda yongʻin ichida qolgan bino hamda hodisa joyida ish olib borayotgan favqulodda xizmat xodimlarini koʻrish mumkin.
Maʼlum qilinishicha, qutqaruv va tergov ishlari boshlab yuborilgan. Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar keyinroq eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring