Shveysariya Gulnora Karimovaning 313 million AQSH dollar pulini Oʻzbekistonga qaytaradi
6-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston tomonidan adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Shveysariya tomonidan Shveysariyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy oʻrtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim” imzolandi. Bu haqida “Adliya yangiliklari” Telegram kanalida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, bitim doirasida taxminan 182 million dollar miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekistonga qaytarilishi belgilangan.
Ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan boʻlib, 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan G.Karimovaga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ish yurituvi doirasida toʻlaqonli musodara qilingan edi.
“Mablagʻlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Uzbekistan Vision 2030 Fondi” Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi orqali qaytariladi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, mazkur ishlar doirasida 2022-yil avgustda imzolangan birinchi bitim taxminan 131 million dollar miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekistonga qaytarilishini nazarda tutadi.
Taʼkidlanishicha, zngi bitim imzolanishi bilan Oʻzbekiston aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarilgan mablagʻlarning jami miqdori 313 million dollarga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring