Shukurov va Gʻaniyev jamoasi durang oʻynadi, Abdullayev jamoasida sharmandali magʻlubiyat
Kecha, 19-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari Pro ligasida 13-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinda Otabek Shukurov va Akmal Mozgavoy toʻp surayotgan “Baniyas” jamoasi oʻz maydonida Azizjon Gʻaniyev toʻp surayotgan “Al-Batayeh” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
“Baniyas” jamoasidan Otabek Shukurov asosiy tarkibda maydonga tushdi va toʻliq oʻyin oʻtkazdi. Uning harakatlari “Sofascore” tomonidan 6,7 ballga baholandi. Jamoada oʻynayotgan yana bir oʻzbekistonlik futbolchi Akmal Mozgavoy esa oʻyin qaydnomasidan oʻrin oldi, lekin maydonga tushirilmadi.
“Al-Batayeh” jamoasi futbolchisi Azizjon Gʻaniyev ham oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq oʻyin oʻtkazdi. Uning harakatlari “Sofascore” tomonidan 6,8 ballga baholandi.
Turni yakunlab bergan oʻyinda esa Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Abdulla Abdullayev toʻp surayotgan “Al-Fujayra” jamoasi safarida “Shabab Al-Ahli” klubi mehmoni boʻldi. Oʻyin mezbonlarning yirik 7:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Abdullayev esa oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq oʻyin oʻtkazdi. Uning harakatlari “Sofascore” tomonidan 6,3 ballga baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring