“Shukronalik” bogʻida mumtoz kuy-qoʻshiqlar yangraydi
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Yangiyer shahrida yana bir istirohat bogʻi tashkil etilmoqda. Uning loyihasida sport-sogʻlomlashtirish yoʻnalishiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, ayni paytda qurilayotgan 7 kilometrlik piyodalar yoʻlagi yurish va yugurish mashqlarini bajarish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Dam olish maskanida bolalar uchun bir emas bir necha oʻyingoh hamda oʻziga xos koʻrinishdagi favvora bunyod qilinmoqda.
Eʼtiborlisi, “Shukronalik” bogʻiga oʻrnatilayotgan radiokarnaylar orqali mumtoz milliy kuy-qoʻshiqlar muntazam yangrab turadi.
— Hududimizda “Shahar — odamlar uchun” loyihasi doirasida yashil maydonlar, aholi dam oladigan maskanlar tashkil etilayotganidan mamnunmiz, — deydi “Nuroniy” jamgʻarmasining Yangiyer shahar boʻlimi raisi Yusuf Samatov. — Masalan, joriy yilda Fazilat mahallasida 2 gektar maydonga ega “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi bogʻi” ochildi. Soya-salqin manzillarga 50 ga yaqin oʻrindiqlar oʻrnatildi, 2 ta WI-FI hududi, shaxmat, robototexnika markazlari tashkil qilindi. Bundan tashqari, Janubiy Mirzachoʻl kanali sohilini gastronomik turizm markazi hamda Tinchlik koʻchasini “24/7 koʻcha”siga aylantirish boʻyicha ishlar yakuniga yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring