Shu yilning oʻzida 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi

Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida 5,2 ming gektar yerni yaxlit holda savdoga qoʻyib, 49-yilga ijaraga berish boshlandi. Bu yerda tadbirkorlarga oʻzi xohlagan ekinni ekib, bir qismiga saqlash, saralash, qadoqlash quvvatlari qurishiga ham ruxsat berildi.
Endilikda shu yilning oʻzida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Yaqinda “Uzagro-star” xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.
Bu kompaniyalar har bir viloyatda meva-sabzavotni qayta ishlaydigan agrosanoat kompleksini quradi. Bunga dastlabki bosqichda yana 200 milliard soʻm beriladi.
Prezidentimiz tadbirkorlarda yangilik qilish, tannarxni pasaytirish, sifatni yaxshilash orqali yangi bozorlarga chiqishga ishtiyoq tobora kuchayib borayotganini taʼkidladi.
Lekin ularning hammasi ham buning uchun qayerga borib, kimga uchrashish, qayerdan mutaxassis, yangi texnologiya olib kelishni bilmasligi qayd etildi.
Shu bois 20 ta tumanda kichik va oʻrta sanoat korxonalarini rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari tashkil etiladi. Ularga xorijiy muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter va marketologlar olib kelinadi. Bu maqsadlarga shu yilning oʻzida 100 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Loyiha ofislari korxonalarga tannarxni tushirish, sifat va texnologiyani yaxshilashga, ularni yiriklashtirib, sanoat darajasiga olib chiqishga koʻmaklashadi.
Bundan tashqari, kichik biznesda yangi “drayver” boʻladigan uskuna va dastgohlar, tibbiy vositalar, elektronika sanoati, logistika kabi sohalarda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida dasturlar qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring