Istanbulda oʻzbekistonlik ayolning jasadi topildi
Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan ayolning jasadi topildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2026-yil 24-yanvar kuni soat 19:40 atrofida Istanbulning Shishli tumanida chiqindi konteyneri ichidan oʻralgan holdagi jasad aniqlangan. Hodisa haqida chiqindilar orasidan buyum toʻplab yurgan fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Dastlabki koʻrikda jasadning bosh qismi mavjud emasligi aniqlangan.
Bosh konsulxona tomonidan Turkiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, sud-tibbiy ekspertiza markazi hamda prokuratura bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida marhumaning shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Hakimova Durdona ekani tasdiqlangan.
Mazkur jinoyat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi gumonlanuvchi sifatida qoʻlga olingan. Ular Turkiyadan Gruziyaga aviareys orqali qochishga uringan vaqtida ushlangan.
Bosh konsulxona diplomatlari marhumaning oila aʼzolari bilan aloqa oʻrnatib, ularga zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatmoqda. Surishtiruv jarayonlari Bosh konsulxona nazoratiga olingan.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar rasmiy manbalar orqali eʼlon qilib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring