Shovot va Yangiariqda sogʻlomlashtirish xizmatlari tashkil qilinadi
Joriy yilda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti ulushini 35 foizga yetkazish, texnikumlardagi 6 ming bitiruvchining bandligini taʼminlash, texnikum va oliygohlarning 7 ming talabasini dual taʼlimga qamrab olish, oliy taʼlimning muhandislik, tibbiyot, iqtisodiyot, agrar yoʻnalishidagi 7 ta taʼlim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish muhimligi qayd etildi.
Urganch shahridagi tibbiyot oliygohida yiliga 1 ming 600 nafar vrach tayyorlanadi, 500 ta xususiy klinika faoliyat yuritayapti. Lekin, servisdagi tibbiy xizmatlar ulushi 2 foizga ham yetmaydi.
Shu munosabat bilan yil yakunigacha Shovot va Yangiariqda sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil qilish topshirildi.
Urganch tumanidagi Adolat, Qoʻshkoʻpirdagi Iftixor, Hazoraspdagi Yangibozor mahallalaridagi maktablar ikkidan yuqori koeffitsiyentda faoliyat yuritayotgani koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga bu yerda xususiy maktab ochish yoki qoʻshimcha bino qurish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.
Bu yili viloyatdagi 359 ta bogʻchani suv isitish tizimi geliokollektorlar bilan jihozlanishi, 420 ta ijtimoiy obyektdagi mingdan ortiq eskirgan isitish qozonlari yangilanishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring